O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi vakili Bahrom Qo‘shboqov va Jizzax viloyat mahallalar uyushmasi boshlig‘i o‘rinbosari Muso Anorboyev Forish tumanining 4-sektor hududidagi “Xonbandi” mahallasidagi 59-ixtisoslashgan umumta’lim maktabida bo‘lishib, maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan atroflicha tanishdi.
Maktab direktori, o‘qituvchilar, o‘quvchilar bilan suhbatlashib, muammolarini ham o‘rganishdi.
Suhbat davomida oila – mahalla – maktab hamkorligini mustahkamlash, mahalla, milliy gvardiya va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar, yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.