Bugun Forish tumanidagi “Egizbuloq” mahallasi qurilish materiallari ishlab chiqarishda sanoat zonasiga aylanib bormoqda.
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari, general-mayor G‘ayrat Qodirov 3-sektor hududidagi “Egizbuloq” mahallasida bo‘lib, mahalla hududida bunyod etilayotgan qo‘shma korxona faoliyati bilan tanishdi.
Ayni kunda “Egizbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Jizzax wcc special cement” O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasi bunyod etilmoqda. Sektor rahbari bu yerda qo‘shma korxona faoliyati bilan tanishdi.
Xorijlik investorlar va xorijlik mutaxassislar va ishchilar bilan suhbatlashdi.
Suhbat davomida xorijlik mutaxassis va ishchilarga mamlakatimizda bo‘lishiga oid hujjatlarni rasmiylashtirish hamda hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida yordam ko‘rsatilishini bildirdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, yiliga 2 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladigan mazkur korxona ishga tushgach 250 nafar vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan aholi doimiy daromadli ish o‘rniga ega bo‘ladi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.