Kadastr agentligining Forish tuman bo‘limi boshlig'i va inspektori tomonidan tumandagi "Oqtom" MFY hududida yashovchi fuqarolar tomonidan hech qanday hujjatlarsiz 11600 kv.metr yer maydonga noqonuniy tosh to'kib egallab olganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tuman bo'limi boshlig'i va inspektori tomonidan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi 2-qismiga asosan ma'muriy bayyonoma tuzilib, noqonuniy tosh to'kib egallab olingan yer maydonini 15 kun muddatda ixtiyoriy bartaraf etish bo'yicha fuqarolarga rasmiy ogohlantirish xatlari berildi.
Natijada berilgan muddat ichida noqonuniy tosh to'kib egallab olingan yer maydonlarni fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.