Forish tuman hokimi, 1-sektor rahbari Ikrom Matiev 1-sektor hududidagi Amir Temur nomli mahallada bo‘lib, Amir Temur nomli mahallasining “mahalla yettiligi” bilan uchrashib muloqot o‘tkazdi.
Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmoni va “O‘zbekiston mahallalar uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-son qarorlari ijrosini ta’minlashda “mahalla yettiligi” oldida turgan vazifalar haqida so‘z yuritdi.
“Mahalla yettiligi” tomonidan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.