Forish tuman sport maktabi tomonidan 2024-yil – “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan turli sport tadbirlari tashkil etib kelmoqda.
Jumladan, Forish tuman sport maktabi tomonidan 2024-yil – “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan tumanning 3-sektor hududidagi “Oqtom” mahallasida joylashgan 16-umumta’lim maktabida sportning ITKF karate-do turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etdi.
Musobaqa qizg‘in, murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Musobaqa yakunida yuqori natijalarga erishgan sportchilarga ITKF karate-do federatsiyasi va sport maktabi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.