O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy Kengashining 2024 yil 26 yanvardagi qaroriga asosan Mamarasulov Hasan Boltaboyevich Forish tuman iqtisodiy sudining raisi etib tayinlandi.
Mamarasulov Hasan Boltaboyevich 1984 yil 29 dekabrda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida tavallud topgan.
2003 – 2007 yillarda Samarqand davlat universiteti yuridik fakultetida tahsil olgan.
Mehnat faoliyati davomida 2007 – 2016 yillar Jizzax viloyat xo‘jalik sudining katta statisti, sud majlisi kotibi, katta maslahatchisi, 2016 – 2017 yillar Andijon viloyat xo‘jalik sudining sudyasi, 2017 – 2019 yillar Andijon viloyati Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi, 2019 – 2021 yillar Andijon viloyat sudining iqtisodiy ishlari bo‘yicha sudyasi.
2021 yildan tayinlovga qadar Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlayotgan edi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.