Respublika ishchi guruhi a’zolari Forish tumanidagi mahallalarda bo‘lishib, mahallar yettiligi faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan o‘rganishlar olib borishmoqda.
Ishchi guruh a’zolari joylarda aholi bilan hamda mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari bilan suhbatlar tashkil etishyapti.
Jumladan, ishchi guruh a’zolari tumandagi “Oqtom”, “Nurak” mahallalarida bo‘lishib, mahalla aholisi bilan mahalla raislari, hokim yordamchisi, mahalla xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektorlari bilan suhbatlashishdi.
Mahallalarda joylashgan oilaviy shifokorlik punktlari, maktabgacha ta’lim tashiklotlari hamda umumta’lim maktablarida bo‘lishib, muammolarni o‘rganishdi.
Aniqlangan mavjud muammolar inobatga olinib, ularni bartaraf etish choralari ham belgilab olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.