Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vazirligi tasarrufidagi “Nurota” davlat qo‘riqxonasi xodimlari tomonidan qish mavsumida yovvoyi hayvonlarni oziqlantirish maqsadida biotexnik tadbirlarni olib borishmoqda.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan mazkur biotexnik tadbirlar qo‘riqxona ilmiy xodimlarining tavsiyalari asosida amalga oshirilmoqda.
Bunda yovvoyi hayvonlarning yashash joylari, oziqlanadigan ozuqa nuqtalari hisobga olingan holda amalga oshirilmoqda. Shuningdek, qo‘riqxona xodimlari tomonidan qo‘riqxona hududida nazorat tadbirlari ham amalga oshirilmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.