Forish tumani 2-sektor hududidagi “Garasha” mahallasi hududidagi qishloqlarga o‘tgan asrning 60-yillarida elektr energiyasi tarmoqlari tortilgan edi.
Yillar o‘tishi bilan elektr energiyasi tarmoqlari o‘z muddatini o‘tab, yaroqsiz holga kela boshladi. Tez-tez elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lib, aholining noroziligini keltirib chiqara boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktbyardagi “2022 – 2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingandan keyin Forish tumanidagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
“Garasha” mahallasi G‘o‘robog‘zi qishlog‘ida elektr havo tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda. Ana shu ishlar yakunlangach mahalla aholisining elektr energiyasi ta’minoti yanada yaxshilanib, bu boradagi muammolar barham topadi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.