Forish tuman hokimligi katta majlislar zalida Jizzax viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori Ozod Odilov, Jizzax viloyat savdo sanoat palatasi, Forish tuman prokuraturasi, tuman savdo sanoat palatasi va boshqa mutasaddilar ishtirokida tumandagi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ular muammolari o‘rganildi. Tadbirkorlar bilan muloqotni tuman hokimining qishloq xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Komiljon Karimov kirish so‘zi bilan ochdi.
Uchrashuvda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi, ushbu muammolarni tegishli mutasaddilar ishtirokida bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, tadbirkorlar bilan uchrashuvda tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan yangi qonun va qarorlar, soliq sohasida tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyoz va qulayliklar haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.