O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-noyabrdagi “Aholini kichik va o'rta biznesga keng jalb qilishning qo'shimcha chora tadbirlari to'g'risida”gi PQ-366-sonli qarori hamda 2024-yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-7-sonli qarori mazmun mohiyatini aholi va tadbirkorlik subyektlariga yetkazish yuzasidan o'quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda tuman hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o'rinbosari Shavkat Uzoqov, mahallalardagi hokim yordamchilari, tadbirkorlik subyektlari, o'z biznesini boshlamoqchi bo'lgan aholi vakillari, tumandagi tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, moliya va bank muassasalari rahbarlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Respublikada faoliyat olib borayotgan bank tizimi vakillari va soha mutaxassislari tomonidan ushbu qarorlarning mazmun mohiyati tushuntirildi. Seminar savol-javoblar, taklif va mulohazalarga boy tarzda o'tdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga respublika tashkilotlari mutasaddilari tomonidan tegishli javoblar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.