Sodiqov Sobir Shuhratovich – O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy Kengashining 2024 yil 16 yanvardagi qaroriga asosan jinoyat ishlari bo‘yicha Forish tuman sudining raisi etib tayinlandi.
Sodiqov Sobir Shuhratovich 1987 yil 11 martda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tavallud topgan.
2006 – 2010 yillar Samarqand davlat universiteti yuridik fakultetida tahsil olgan.
Mehnat faoliyati davomida 2011 – 2019 yillar jinoyat ishlar bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudining sud majlisi kotibi, sudya katta yordamchisi, 2019 – 2020 yillar Samarqand viloyati Ishtixon tuman ma’muriy sudining raisi.
2021 yildan tayinlovga qadar Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudining raisi lavozimida ishlayotgan edi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.