Bugungi kunda Forish tumanida aholining elektr energiya ta’minotini yaxshilash, bu boradagi aholi muammolariga barham berish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
Belgilangan dasturlar doirasida tumandagi barcha mahallalarda elektr havo tarmoqlarida ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, eskirgan transformator o‘rniga yangilarini almashtirish ishlari olib borilmoqda.
Forish tumani 1-sektor hududidagi “Qo‘lba” mahallasida ham dastur doirasida mahalla hududidagi elektr havo tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborildi.
“Qo‘lba” mahallasida dastur doirasida eskirgan va yaroqsiz holga kelib qolgan 117 ta elektr havo tayanchlari o‘rniga temir beton tayanchlar, 2 ta yangi 160 kVa quvvatga ega transformator punktlari o‘rnatiladi.
Ayni kunda mahallada dastur doirasidagi ishlar amalga oshirilmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.