Ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzax viloyati Forish tumanida kuchli shamol hokimiyat binosining tomini uchirib ketibdi” degan xabar tarqaldi.
Forish tumanida 2024 yil 10 yanvar kuni soat 10-20 larda shamol tezligi 24 m/sekundgacha kuchayishi natijasida aylanma shamol yuz berib, Forish tuman hokimligi binosining katta majlislar zali tom qismidan qisman tom yopig`ichlarini uchirdi.
Natijada shamol uchirgan tunika va taxtalar uchib, hokimiyat avtoturargohida bo‘lgan 6 ta avtomashina ustiga tushdi va qisman zarar yetkazdi.
Fuqarolarga hech qanday zarar yetkazmadi.
Tabiiy ofat natijasida ko‘rilgan talofatni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.