O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31-martdagi “Xotin-qizlarni muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Forish tumanidagi barcha 25 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Ayollar daftari”ning 5-bosqichini shaklantirish uchun xatlov o‘tkazilmoqda.
Ayni kunda Forish tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Elnora Ummatova boshchiligida mahallalardagi xotin-qizlar faollari xonadonma-xonadon yurib, xatlov ishlarini olib borishmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.