Xalq deputatlari tuman Kengashining qarori
FORISH TUMAN HOKIMLIGI FORISH TUMANINING 2024-YILGI MAHALLIY BYUDJETINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-, 24-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-886-sonli Qonuni, Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2023-yil 29-dekabrdagi VI-50-301-3-0-K/23-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 99-moddasi hamda viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2023-yil 27-dekabrdagi 01-20-08-01-33/429-sonli xatiga asosan Forish tumanining 2024-yil uchun mahalliy budjetini qabul qilish bo‘yicha Xalq deputatlari tuman Kengashi
QAROR QILADI:
- O‘zbekiston Respublikasining “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-886- sonli Qonuni ijro va rahbarlik uchun qabul qilinsin.
- O‘zbekiston Respublikasining “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-886- sonli Qonuni (keyingi o‘rinlarda Qonun deb ataladi), 2024-yilgi Forish tumani mahalliy byudjetiga respublika byudjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfert 50738,577 mln.so‘m miqdorida tasdiqlanganligi hamda tuman mahalliy byudjeti daromadlari 64547,500 mln.so‘m va xarajatlari esa 132006,397 mln. so‘m miqdoridagi prognozlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- Qarorga asosan 2024-yilda:
- a) Mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i va alkogol maxsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz solig‘idan tushumlar 2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra tuman aholisining viloyat aholisidagi ulushiga muvofiq o‘tkazib berilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- b) Quyidagi soliq turlari tuman mahalliy byudjetiga to‘liqligicha o‘tkazib berilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
- jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;
- jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i;
- davlat mulki bo‘yicha ijara to‘lovlari;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bundan mustasno);
- jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan yillik daromadlari bo‘yicha deklaratsiyaga asosan to‘lanadigan soliq;
- yer uchastkalariga bulgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablag‘lari;
- byudjet tashkilotlari asosiy vositalari sotilishidan tuman va shahar byudjetiga tushadigan tushumlar;
- v) Shahar va tumanlar mahalliy byudjetlariga quyidagi ulushlarda:
- Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘idan tushumlarning (jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan yillik daromadlari bo‘yicha deklaratsiyaga asosan to‘lanadigan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘idan tashqari) 70 foizi o‘tkazib berilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin;
- Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining 100 foizi;
- Aksiz solig’i (benzin, dizel, gaz, tamaki) ning 90 foizi;
- Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘idan undiriladigan tushumlarning 100 foizi;
- Yuridik shaxslar yer solig‘ining 70 foizi;
- Noruda qurilish materiallari uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soligining 100 foizi;
- Xususiylashtirishdan tushum (Davlat obyektlarini sotishdan tushum) 50 foizi.
- 2024-yil uchun tuman mahalliy byudjeti daromadlarining prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Tuman byudjetiga umumdavlat soliqlaridan ajratmalar me’yorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda, ajratma meyorlari bo‘yicha tuman byudjetining taqsimoti o‘rnatilgan tartibda tuman G‘aznachilik bo‘linmasi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
- Tuman mahalliy byudjetining 2024-yil uchun daromadlari va xarajatlarining chegaraviy hajmlari 3-ilovaga muvofiq qabul qilinsin hamda respublika byudjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdori tasdiqlansin.
- Tuman maxalliy byudjeti daromadlarining 2024-yildagi asosiy prognoz ko‘rsatkichlari soliq turlari kesimida 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Tuman byudjetidan 2024-yilgi mahalliy byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Qonunning 8-moddasiga muvofiq zaxira jamg‘armalari mahalliy byudjetlarning tasdiqlangan xarajatlarining kamida 1 foizi miqdorida shakllantirilishi belgilanganligidan kelib chiqib, 2024-yil uchun tumanning maxalliy byudjeti zaxira jamg‘armasi hajmlari 1174,488 mln. so‘m miqdorida tasdiqlansin.
- Tuman hokimligi zaxira jamg‘armasi mablag‘larini tuman byudjetida ko‘zda tutilmagan, kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni, shuningdek, ijtimoiyiqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishini ta’minlasin.
- 2024-yil uchun tuman byudjetining yo‘l qo‘yiladigan eng kam mablag‘lari miqdori 6-ilovaga muvofiq belgilansin.
- Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo‘yicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar 7-ilovaga hamda jismoniy shaxslar bo‘yicha (dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan tashqari) mutloq miqdorda 1 kv.m. uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunga ko‘ra, tuman davlat soliq inspeksiyasi (S.Xafizov) tasdiqlangan koeffitsientlar va soliq stavkalariga muvofiq 2024-yil uchun jismoniy va yuridik shaxslarga yer solig‘ini hisoblash vazifasi yuklatilsin. Bunda, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i (yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari) summasi 2023-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozimligiga alohida e’tibor qaratsin.
- Tuman byudjetida shakllangan qo‘shimcha manbalar tegishincha tuman Kengashi tomonidan tuman hokimligi takliflari asosida, Kengashlar qarorlariga asosan foydalanilishi belgilansin. Bunda, shakllanadigan qo‘shimcha manbalardan birinchi navbatda ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirish nazarda tutilsin.
- Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bo’limi (v.v.b Sh.Islomov) tuman hokimi bilan birgalikda jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk soliqlari boʼyicha joriy hisoblangan soliqlarni hamda ushbu soliqlardan mavjud soliq qarzdorliklarini undirish yuzasidan soliq organiga amaliy yordam koʼrsatsin. Tuman Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari xavza bo’limi (B.Ibrohimov) va tuman soliq inspeksiyasi (S.Hafizov) tuman hokimi bilan birgalikda tumanda sugʼorishga sarflanayotgan suv hajmlari boʼyicha aniq hisob-kitoblar yuritgan holda mazkur isteʼmol hajmlari boʼyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni toʼliq hisoblanishini hamda moliya yili yakuniga qadar mahalliy byudjetlarga toʼliq undirib olish vazifasi yuklatilsin. Bunda, qishoq xoʼjaligi korxonalari tomonidan isteʼmol qilinayotgan suv resurslari hajmlari va ushbu hajmlar boʼyicha hisoblanayotgan suv soliqlari boʼyicha doimiy tahlillar oʼtkazishga alohida eʼtibor qaratilsin. Kengashning mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʼyicha doimiy komissiyasi: mahalliy byudjetning qoʼshimcha manbalaridan foydalanish toʼgʼrisidagi hokimlik tomonidan taqdim etilgan takliflari asosida byudjet qonunchiligiga toʼliq rioya etilgan holda Kengash qaror loyihasini ishlab chiqilishiga; Kengash qarori asosida mahalliy byudjetning qoʼshimcha manbalari hisobidan ajratilgan mablagʼlarni samarali va maqsadli foydalanishi ustidan nazorat oʼrnatishga va natijalari boʼyicha tavsiyalar berishga, monitoring qilishga; mahalliy byudjet xarajatlarining qonunchilikda belgilangan qismining jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʼnaltirilishida ishtirok etish va ushbu mablagʼlarning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirishga masʼul etib belgilansin.
- Tuman mahalliy byudjeti daromadlarning prognoz ko‘rsatkichlari hokimlikning faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda 5 foizdan ortiq miqdorga bajarilmasa va moliya yili oxirigacha ushbu mablag‘larning tushish ehtimoli bo‘lmasa, viloyat hokimligiga xarajatlarni maqbullashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar bilan birgalikda tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorini oshirish yuzasidan viloyat hokimligiga murojaat qilishi qonun bilan belgilanganligi inobatga olinsin.
- Tuman hokimligi tashabbusi bilan qo‘shimcha amalga oshiriladigan tadbirlar uchun talab etiladigan mablag‘lar mahalliy byudjetning ijrosi davomida shakllangan qo‘shimcha manbalar hisobidan amalga oshirilishi qat’iy belgilab qo‘yilsin.
- Tuman hokimligi hududiy byudjet mablag‘lari taqsimlovchilar bilan birgalikda:
- tegishli byudjetlarni birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat va dori-darmon va kommunal xizmatlar xarajatlarini yetarli darajada rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantirilishini ta’minlash;
- mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ob’ektlar ro‘yxati, shuningdek qurilish-ta’mirlash ishlarini moliyalashtirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar har chorak yakunlariga ko‘ra, keyingi chorak birinchi oyining 10 sanasiga qadar hokimliklar tomonidan majburiy tartibda o‘z rasmiy vebsaytlariga joylashtirish; mahalliy byudjetning qo‘shimcha daromadlarini 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorlarda jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirishni, veb-saytlariga ularning natijalarini joylashtirsin.
- Tuman hokimligi Qonunga muvofiq tegishli ravishda byudjet mablag‘lari taqsimlovchilarning byudjet mablag‘laridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar bo‘yicha hisobotlarini tuman Kengashiga kiritib borilishini ta’minlasin.
- Tuman hokimligi byudjet daromadlari va xarajatlarining ko‘rsatkichlarini bajarilishini ta’minlash, soliq bazasini kengaytirish hamda iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rish, byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishi ustidan qat’iy nazoratni o‘rnatishi uchun Kengashga axborot kiritsin.
- Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi I.Matiyev.
2023 yil 29 dekabr, Bog’don shaharchasi.
Қарорни бу ердан юклаб олинг:
https://drive.google.com/file/d/1F_euZJ4Y3EI0t884v8VzcBoGwG2imms3/view?usp=sharing
скачать dle 12.0