Aholi murojaatlarini tinglash, muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida Forish tumani 1-sektor hududidagi “Uchma” mahallasidagi Birlashgan qishlog‘ida joylashgan 19-umumta’lim maktabida sayyor qabul o‘tkazildi.
Mazkur sayyor qabulda Forish tuman hokimining qishloq xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Komiljon Karimov hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.
Sayyor qabulda elektr energiyasi ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash va shu kabi boshqa masalalar bo‘yicha aholi murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabulda aholi murojaatlarining aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etadigan muammolarning bartaraf etilishi yuzasidan tumanning tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.