Forish tumani 1-sektor hududidagi “O‘xum” mahallasi Yuqori O‘xum qishlog‘ida joylashgan 49-umumta’lim maktabida Forish tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Farruh Amirov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Doston Jonadilov tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va hal etish yuzasidan sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va hal etish uchun tegishli tuman tashkilotlari rahbarlari ham ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida aholi tomonidan elektr energiyasi, suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, davolanishda ko‘maklashish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, mahallaga avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish va boshqa shu kabi masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi. Tegishli tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarning hal etish yo‘llari izlandi.
Sayyor qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilot rahbarlariga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.