Aholi muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida Forish tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Farruh Amirov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Doston Jonadilov boshchiligida navbatdagi sayyor qabul 1-sektor hududidagi “Do‘stlik” mahallasi Otaqo‘rg‘on qishlog‘i aholisi uchun bo’lib o’tdi.
Qabulda tegishli tashkilot va idora rahbarlari hamda mutasaddilar ishtirok etishdi.
Qabulda fuqarolar o‘z muammolari bilan murojaat qilishdi.
Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi.