Forish tumanida bandlik dasturida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini qamrab olgan istiqbolli loyihalar ishlab chiqilgan bo‘lib, shu asosda ish olib borilmoqda. Bu borada xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tumanning 4-sektor hududidagi “Xonbandi” mahallasida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash, oilalar farovonligini ta’minlash maqsadida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, mahallada yashovchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan 10 nafar xotin-qizlar o‘zini o‘zi band qilib, oilalari farovonligini ta’minlash istagini bildirishgandi.
Ular takliflari inobatga olinib, 10 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinkalari topshirildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.