O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi" PF-6099-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Forish tumanida faoliyat olib borayotgan korxona, tashkilot va muassasalarda ishlovchi professional bo‘lmagan xotin-qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra tibbiyot birlashmasi xodimlari jamoasi 1-o‘rinni, 5-umumta’lim maktabi jamoasi 2-o‘rinni, maktabgacha ta’lim tashkilotlari jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.