Joriy yilning 25 noyabridan 10 dekabrigacha “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” aksiyasi doirasida Forish tumanida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Forish tumani 3-sektor hududidagi “Egizbuloq” mahallasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Mahalla xotin-qizlar faoli va “Egizbuloq” oilaviy shifokorlik punkti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda xotin-qizlarni turli xil yot g‘oyalar ta’siridan muhofaza qilish, gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish haqida so‘z yuritildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.