Forish tumani hokimligida ishchi guruh a'zolariga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish va yashil makon bo'yicha olib borilayotgan ishlar holatini o'rganish bo'yicha yo'riqnomalar, mas'ullarga esa aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini ko'rish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Mavjud muammolar inobatga olinib, ularni bartaraf etish choralari ham belgilandi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.