Forish tuman prokurori Ikrom Narziev rahbarlik qilayotgan 2-sektor hududidagi “Narvon” mahallasi tumanning eng chekka va uzoq mahallalaridan. Keyingi yillarda bu mahallada mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar aholini mamnun etmoqda.
Mahalla ahli “Tashabbusli byudjet”da ishtirok etib, mahalla hududidagi 2,5 kilometr ichki yo‘lni ta’mirlash va asfalt qoplama yotqizish loyihasida g‘olib bo‘lishgan edi.
“Zarkent omad trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati yo‘lsozlari tomonidan ushbu 2,5 kilometr ichki yo‘l ta’mirlanib, asfalt qoplama yotqizildi.
Amalga oshirilayotgan bu kabi bunyodkorlik ishlaridan mahalla ahli mamnun.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.