Ichki ishlar tizimi xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligi jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashish va favqulotda muhim vazifalarni tezkorlik bilan hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bois ichki ishlar tizimi xodimlarining jismoniy va jangovarligini oshirish maqsadida ichki ishlar Vazirining farmoyishiga asosan joriy yilning 1 noyabridan 30 noyabriga qadar “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” o‘tkazilmoqda.
Ushbu oylik doirasida Forish tuman ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi o‘rtasida turli sport musobaqalari, jismoniy mashg‘ulotlar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda.
“Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida tuman ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi o‘rtasida sportning sambo turi bo‘yicha murabbiylar tomonidan mashg‘ulotlar o‘tkazilib, shaxsiy tarkibning jangovarligi oshirildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.