Forish tumani 1-sektor hududidagi “Bog‘don” mahallasida joylashgan Amir Temur nomli 1-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan “Bayroqqa sadoqat – yurtga sadoqat” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda yoshlarga “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinish tarixi, uning davlat siyosiy hayotidagi ahamiyati, o‘ziga xos jihatlari hamda bayrog‘imizning tavsifi haqida batafsil so‘zlab berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.