Forish tuman ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi o‘rtasida ichki ishlar Vazirligining farmoyishiga asosan joriy yilning 1 noyabridan 30 noyabriga qadar o‘tkazilayotgan “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida turli tadbirlar, sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda. O‘tkazilayotgan ushbu tadbirlar tuman ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibining jangovarligini oshirib, ularning jismonan baquvvat bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
Jumladan, “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida tuman ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi bilan turli jismoniy mashqlar o‘tkazildi. Shundan so‘ng esa shaxsiy tarkib ishtirokida sportning sanbo turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Musobaqa yakunida g‘olib bo‘lgan xodimlar tuman ichki ishlar bo‘limining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.