Forish tuman tibbiyot birlashmasida tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida tuman reproduktiv salomatlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mahalla xotin-qizlar faollari, oilaviy shifokorlik punktlari mudirlari, patronaj hamshiralar ishtirok etishdi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Elnora Ummatova, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Adiba Jabborova va boshqalar so‘zga chiqishib, tumanda onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, erta nikoh va erta tug‘ruqlarning oldini olish, bu borada aholi o‘rtasida keng tushuntirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish haqida so‘z yuritdilar.
Tadbirda muhokama etilgan masalalar yuzasidan ko‘rsatma va yo‘riqnomalar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.