O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan har yili noyabr oyi “Keksalar uchun turizm oyligi” deb e’lon qilingan.
“Nuroniy” jamg‘armasi Jizzax viloyati va Forish tuman bo‘limlari tomonidan bir guruh nuroniylarning boqiy shahar Buxoroga sayohati tashkil etildi.
Forishlik nuroniylar 2 kunlik sayohat davomida Buxoro shahrining tarixiy obidalarini ziyorat qilishdi. Shaharning diqqatga sazovor joylarini borib ko‘rishdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.