Hayotda turli sabablarga ko‘ra oilaning buzilishi natijasida alohida yashaydigan ota yoki onaning bola taminotida ishtiroki o‘ta dolzarb muammoga aylangan. Shuning uchun amaldagi oila kodeksining 95-moddasida ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart ekanligi qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Aka-uka J. T va B. Tlar ham oiladan ajrashgan bo‘lsada, voyaga yetmagan farzandlarining ta’minotidan bo‘yin tovlab kelishadi. Majburiy ijro byurosi Forish tuman bo‘limi xodimlarining tushintirish va ogohlantirishlari ham ularga kor qilmaydi. Oxir oqibat, majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining qarori bilan aka-uka J. T. va B. T.larga 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.
Abduhakim TAJIBOEV,
Majburiy ijro byurosi Forish tuman bo‘limi davlat ijrochisi.