Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda atrof muhitni ko‘kalamzorlashtirish ishlarida Forish tumanidagi “Forish dehqon bozori” jamoasi ham chetda turmay, ushbu xayrli ishlarda faol ishtirok etishmoqda.
Jamoa a’zolari ezgu tashabbusning uzviy davomi sifatida tumanning 4-sektor hududidagi “Qizilqum” mahallasida bog‘ yaratishga ahd qilishgan. Bozor jamoasining kuchi bilan hudud tabiiy iqlim sharoitiga mos bo‘lgan daraxt ko‘chatlari o‘tkazishmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.