Ichki ishlar Vazirining farmoyishiga asosan joriy yilning 1 noyabridan 30 noyabr kuniga qadar ichki ishlar tizimida “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” o‘tkazilmoqda.
“Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa yakunida g‘oliblar tuman ichki ishlar bo‘limi rahbariyati tomonidan taqdirlandi.
Shuningdek, “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida Forish tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlariga milliy gvardiya xodimlari tomonidan kamondan o‘q otish bo‘yicha mahorat darslari ham o‘tildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.