Fuqarolik ishlari bo‘yicha Forish tuman sudi raisi Erkin Umurzoqov tumanning 4-sektor hududidagi eng uzoq va chekka mahllalari bo‘lgan “Darvoza” va “Istiqlol” mahallalarida aholi bilan uchrashib, targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdi va aholining sud-huquq masalalari bo‘yicha aholi muammolarini tingladi.
Uchrashuvda fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi Erkin Umurzoqov so‘zga chiqib, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, qabul qilinayotgan qonunlar haqida batafsil so‘z yuritdi.
Shuningdek, uchrashuvda aholiga “Darvoza” va “Istiqlol” mahallalarida 1 ta nikohdan ajratish qayd etilgani, fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudida ushbu mahallalarga tegishli kredit bilan bog‘liq ishlar ko‘payayotgani haqida ham ma’lumotlar berildi. Uchrashuvda “Istiqlol” mahallasi profilaktika inspektori K.Abdurahmonov, mahalla raisi Farhod Urishevlar mahalladagi jinoyatchilikning ahvoli haqida axborot berdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.