Ichki ishlar vazirining farmoyishiga asosan ichki ishlar tizimida joriy yilning 1 noyabridan 30 noyabrga qadar “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” o‘tkazilmoqda.
Forish tuman ichki ishlar bo‘limida oylik doirasida tuman ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi xodimlari o‘rtasida 100 va 1000 metr masofaga yugurish va qo‘l jangi musobaqalari tashkil etildi.
Shuningdek, xodimlar o‘rtasida qurollarni to‘siqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha sinov ham o‘tkazildi.
Bu kabi tadbirlar tuman ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi jangovarligini oshirishga xizmat qiladi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.