Forish tuman hokimligi tashabbusi bilan tumanning 4 ta sektorlari hududidagi mahallalarda yashovchi aholini birinchi galdagi kundalik oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, aholiga qulayliklar yaratish va uzog‘ini yaqin qilish maqsadida un va o‘simlik moyi va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi ko‘chma savdo do‘konlari yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu savdo do‘konlari ayni kunda tumaning eng uzoq va chekka mahallalarida aholiga savdo xizmati ko‘rsatmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.