Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Ra’no Daulanova, Ahmad Soyaqulov va Bobomurod Gulmurodzodalar ham tumandagi ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganmoqdalar.
Jumladan, deputatlar “Bog‘don” mahallasida joylashgan Forish ixtisoslashgan maktabda bo‘lishdi. Ushbu ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan tanishib, mavjud muammolarni o‘rganishdi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tumandagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish bo‘yicha tashkil etilgan shtabga bartaraf etish bo‘yicha ma’lumotlar kiritishdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.