Forish tumaning eng uzoq va chekka mahallasi bo‘lgan 4-sektor hududidagi “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida viloyat milliy gvardiya xodimlari, tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari, tuman yong‘in xavfsizligi mas’ullari hamkorligida mahalladagi beshlik ishtirokida “Tozalash” profilaktik tadbirlari o‘tkazildi. Tadbir davomida mas’ullar tomonidan xonadonlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, umumta’lim maktabida o‘quvchilarning davomadi, xonadonlarda ov qurollarini saqlash tartibi, ko‘lda baliq ovlash tartiblari kabi mavzularda tushuntirish ishlari olib borildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.