Ichki ishlar Vazirining farmoyishiga asosan joriy yilning 1 noyabridan 30 noyabriga qadar "Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi" o‘tkazilmoqda.
Oylik doirasida Forish tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari o‘rtasida turli sport musobqalari tashkil etib kelinmoqda.
Jumladan, tuman ichki ishlar bo‘limining shaxsiy tarkibi xodimlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. "Voleybol" musobaqalarida 6 ta jamoalar qatnashib, o‘zlarining chaqqon va uddaburonligini namoyish etishdi.
Musobaqalarda faxrli 1, 2, 3-o‘rinni egallagan jamoalarga tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining esdalik sovg‘alari, diplom va kubogi tantanali ravishda topshirildi.
Ichki ishlar vazirligi barcha ichki ishlar organlari xodimlarini "Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi"da faol ishtirok etishga chorlaydi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.