Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Ergashev hamda Ijtimoiy himoya Milliy agentligining Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i N.Mavlonova tomonidan tasdiqlangan reja grafikka asosan Forish tuman adliya bo‘limi hamda tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda “Egizbuloq” mahallasida uyma-uy yurish orqali ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi muammolari tinglandi.
Uyma-uy yurish orqali o‘rganilgan murojaatlarga asosan 2 nafar fuqarolarga qo‘ltiq tayoq hamda bir nafar fuqaroga nogironlik aravachasi topshirildi. Bundan tashqari, “Osmonsoy” mahallasida 1 nafar fuqaro eshitish moslamasi bilan ta’minlandi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.