Forish tumani 2-sektor hududidagi “Garasha” mahallasi tumanning eng uzoq va chekka mahallasi hisoblanadi.
Ushbu mahalla qishloqlarida yashovchi aholini elektr energiya ta’minotini yaxshilash, ushbu soha bo‘yicha aholi muammolarini bartaraf etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 maydagi “2023 – 2025 yillarda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida mahalla hududidagi bir qator qishloqlar aholisining elektr energiya ta’minotini yaxshilash maqsadida havo elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlariga kirishildi.
Rekonstruksiya qilish davomida 1 ta yangi transformator punkti o‘rnatiladi. Eskirgan va yaroqsiz holga kelib qolgan 190 ta elektr havo tayanchlari temir beton tayanchlarga almashtiriladi. Ayni kunda rekonstruksiya ishlari boshlab yuborildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.