Forish tumani, 1-sektor hududidagi “Bog‘don” mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi doirasida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar amalga oshirilmoqda.
“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi doirasida mahalla hududidagi ichki va umumfoydalanadigan yo‘llar chetlariga turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish, mahallani yashil makonga aylantirish belgilangan.
Ayni kunda mahallada yo‘l va ariq chetlariga manzarali ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirilmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.