Forish tumanidagi barcha mahallalarda ishchi-guruhlar tomonidan o‘rganish ishlari davom etayapti.
Ishchi guruh a’zolarining navbatdagi manzili Forish tuman prokurori Ikrom Narziev rahbarlik qilayotgan 2-sektor hududidagi “Qoraabdol ota” mahallasi bo‘ldi. Ishchi guruh a’zolari mahallada joylashgan umumta’lim maktablari, qishloq oilaviy shifokorlik punktlarida 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlarining holatini atroflicha o‘rgandilar. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mutasaddilarga zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
“Qoraabdol ota” mahallasida joylashgan “Bolg‘ali” oilaviy shifokorlik punktida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni hal etishga kirishildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.