Ishchi guruh a’zolari Forish tumani 3-sektor hududidagi “Oybek” nomli mahallada joylashgan ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
Ishchi guruh a’zolari, mahallada joylashgan 33, 13-umumta’lim maktablari, 5-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, Forish kasb-hunar maktabi, Tuman tibbiyot birlashmasida isitish tizimi bo‘lgan qozonxonalarning mavsumga tayyorligi va maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotidagi yaratilgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratishdi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tuman mas’ullariga qisqa muddatlarda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi va tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.