Forish tumanida 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga har tomonlama puxta taraddud ko‘rilmoqda. Tumanda favqulotda vaziyatlar bo‘limi, kommunal soha vakillari va boshqa mutasaddilardan iborat ishchi guruhlari tuzilib, tumandagi 4 ta sektor hududidagi mahallalarda bo‘lishib, aholi xonadonlari, ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganmoqdalar hamda aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish va boshqa ko‘ngilsiz xodisalarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini olib borishmoqda.
Ishchi guruh a’zolari tumanning 4-sektor hududidagi “Xonbandi” mahallasida bo‘lishib, aholi xonadonlari, mahalla hududidagi ko‘p qavatli uylar, mahallada joylashgan qishloq vrachlik punkti, 59-umumta’lim maktabi va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining qishga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirishdi, bu boradagi muammolarni o‘rganishdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.