Yurtimiz aholisining aksariyat qismini yoshlar tashkil etganligini inobatga olib, amalga oshirilayotgan barcha ijobiy o‘zgarishlar har tomonlama barkamol intellektual salohiyati baland avlodni tarbiyalashga qaratilgan. Butun dunyoda g‘oyaviy kurashlarning avj olishi turli mafkuraviy to‘qnashuvlar demokratiya yoki turli diniy ta’limotlar o‘rtasida bo‘layotgan ziddiyatlar yosh avloddan bilimli va ma’rifatli bo‘lishni talab etadi.
Forish tumani 3-sektor hududidagi “Oybek” nomli mahallada joylashgan 33-umumta’lim maktabida umumta’lim maktabi o‘quvchilari, o‘qituvchilari ishtirokida tuman ishchi guruhi tomonidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Din ishlari qo‘mitasining Forish tumanidagi mutaxassisi Javohir Mamadaliev, tuman ma’naviyat-ma’rifat markazi rahbari Nodir Soliev ishtirok etdi.
Targ‘ibot tadbiri davomida diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq tahdidlarning oldini olish, turli mutaassib oqimlar tomonidan ijtimoiy tarmoq platformalarida ilgari surilayotgan davolar, yoshlar o‘rtasida diniy aqidaparastlik va mutaassiblik g‘oyalari tarqalishining oldini olish haqida so‘z yuritildi.
Tadbir davomida turli videoroliklar namoyish etildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.