Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Forish ixtisoslashtirilgan maktabda INFOLIB O'ZBEKISTON – 2023 XII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI doirasida taniqli yozuvchi O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodi hamda uning “Dunyoni ishlari” asari asosida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida so‘z olgan tuman axborot kutubxona markazi mutaxassisi Mahbuba Ayosova va Forish ixtisoslashtirilgan maktab xodimlari yozuvchi O‘tkir Hoshimovning hayoti va ijodi, uning “Dunyoni ishlari” asarida ko‘tarilgan g‘oyalar haqida yoshlarga so‘zlab berdilar.
Tadbir savol-javob va munozaralarga boy tarzda qiziqarli o‘tdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.