Forish tuman hokimi Ikrom Matiev tumandagi mahallalarda bo‘lib, mahallalarda joylashgan umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va tibbiyot muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun jamg‘arilgan ko‘mir va boshqa yoqilg‘ilarning saqlanish holatini o‘rganib bormoqda.
Jumladan, tuman hokimi tumanning 1-sektor hududidagi “Uchma” mahallasida bo‘lib, mahalla hududidagi Deriston, Uchma, Yuqori Uchma qishloqlarida joylashgan umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini atroflicha o‘rgandi. Ta’lim muassasalari rahbarlari bilan suhbatlashdi. Kuz-qish mavsumida umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xonalarini muntazam issiq bo‘lishini ta’minlash, jamg‘arilgan yoqilg‘idan tejab-tergab, isrofgarchiliksiz foydalanish va mavsum davomida birorta ham ko‘ngilsiz holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.