Forish tumani 1-sektor hududidagi “Bog‘don” mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” tamoyilini amalga oshirish yuzasidan o‘tkazilgan xatlov natijasiga ko‘ra mahalladagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj 14 ta oilaning uy-joylarini ta’mirlash taklif etilgan.
“Bog‘don” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Evrest Jo‘raqulov va mahalla xotin-qizlar faoli Sadbarg Saidovalar mahalladagi mazkur 14 ta xonadonlarda bo‘lishib, bu xonadonlarda amalga oshiriladigan ishlarni yana bir bor ko‘zdan kechirishdi. Xonadon egalari bilan suhbatlashishdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.