Forish tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i, 4-sektor rahbari Sanjar Xafizov mahalla faollari bilan hamkorlikda sektor hududidagi “Osmonsoy” mahallasida Qurbonxoji qishlog`idagi umumta'lim maktabi filialining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda aholi xonadonlaridagi mavjud muammolarni o`rgandi.
Aholi tomonidan qishloqda ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash, umumta'lim maktabi filialini qayta ta'mirlash, qishloqda ko`chma savdo do`koni faoliyatini yo`lga qo`yish kabi bir nechta murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlar bo`yicha hududda "Farxod dehqon bozori" mas`uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda arzonlashtirilgan ko`chma savdo do`koni tashkil etildi hamda qolgan murojaatlarni ijobiy hal etish bo`yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.