O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Doston Janodilov va tegishli mas’ullar tomonidan Forish tumanidagi ijtimoiy soha ob’ektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorligi, mavsumni beta’lofatsiz o‘tkazish xamda ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, tumanning “Oqtepa”, “Sayyod”, “Xonbandi” va “Osmonsoy” mahallalaridagi maktablar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining isitish tizimlarining ishchi holati, isitish qozonlarini sozligi, ko‘mir zaxirasining yaratilganligi hamda saqlanishi, elektr ta’minotini uzluksiz ta’minlanishi o‘rganildi.
Aniqlangan kamchiliklarning aksariyati joyida bartaraf etilib, yechimini topmagan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilmoqda.
Tuman Xalq qabulxonasi tomonidan joylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Eldor Urushbaev,
Forish tumani Xalq qabulxonasi mutaxassisi.